iQOO Z11 Turbo smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum

Foto: Gizmochina
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

iQOO Z11 Turbo smartfoniga oid tasvirlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Modelning texnik xususiyatlari ham e’lon qilingan.

Qurilma shisha korpus, tekis qirralar va kvadratga yaqin kamera blokiga ega. Uning yoniga vertikal shaklda LED yoritgich joylashtirilgan, pastki qismida esa iQOO logotipi turadi. Old panel rasman ko‘rsatilmagan, biroq kompaniya displey tekis bo‘lishini tasdiqlagan.

iQOO mahsulot menejeriga ko‘ra, Z11 Turbo 6,59 dyuymli OLED ekran bilan chiqadi. Ekran LTPS texnologiyasi va 1.5K aniqlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonning eng muhim jihatlaridan biri — 7600 mAh sig‘imli yirik akkumulyator bo‘lib, kompaniya uning avtonomiyasi sinfidagi ko‘plab raqiblardan yuqori bo‘lishini aytmoqda.

Qurilma yuragi sifatida Snapdragon 8 Gen 5 protsessori tanlangan. Asosiy kamera 200 megapikselli bo‘ladi. Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, old kamera 32 megapiksel, qo‘shimcha orqa modul esa 8 megapiksel bo‘ladi. Smartfon ultratovushli ekrandan o‘qiladigan barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi.

Z11 Turbo metall ramka, IP68/69 chang va suvdan himoya darajasiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Rasmiy taqdimot sanasi e’lon qilinmagan, biroq insayderlar uni 2026-yil yanvarida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Narxi taxminan 2500 yuan, ya’ni qariyb 355 dollar atrofida bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning omadsiz smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.