Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlari va mazkur xizmat faoliyatini tashkil etish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ish beruvchilar mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.
Nizomda xodimlarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish tartibi belgilangan. O‘qitish kirish yo‘riqnomalari, ish joyida yo‘riqnoma o‘tkazish, malaka tekshiruvi, stajirovka va favqulodda holatlarda birinchi yordam ko‘rsatishni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Har yili 20-yanvargacha ish beruvchi YAMMT IDAK tizimiga ishlab chiqarish sharoiti haqidagi ma’lumotlarni kiritishi lozim. Shuningdek, zararli yoki xavfli sharoitlarda ishlaganlik uchun ajratilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi hamda baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik aniqlangan xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga ko‘ra, tashkilotlarda ma’muriy-jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi. Nazorat uch bosqichda amalga oshiriladi: avval bo‘lim va uchastkalarda, so‘ngra ishlab chiqarish yoki tashkilot bo‘linmalarida, yakunda esa korxona miqyosida umumiy tarzda nazorat olib boriladi.
Qaynoq24.uz Toshkentda ofis ijarasi bozori bir yilda 10,2 foizga kengaygani haqida yozgan edi.

