Nasri Asfurani Gonduras prezident saylovida g‘olib bo‘ldi

Foto: Axios
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Gondurasda 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining yakuniy natijalari bir necha haftalik kechikishlardan so‘ng e’lon qilindi. Milliy saylov kengashi konservativ Milliy partiya nomzodi Nasri Asfurani g‘olib deb topdi. U 40,3 foiz ovoz bilan markaz-o‘ng Liberal partiya nomzodi Salvador Nasrallani (39,5 foiz) oz farq bilan ortda qoldirdi.

Asfura X ijtimoiy tarmog‘ida “Gonduras, men boshqarishga tayyorman. Sizni yuzaga tashlab qo‘ymayman”, deb yozdi. Nasralla esa natijalarni kamchiliklar asosida qurilgan deb atab, ularni tan olmasligini aytdi, biroq tarafdorlarini tinchlikni saqlashga chaqirdi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio barcha tomonlarni saylov natijalariga hurmat bilan qarashga va hokimiyatning tinch yo‘l bilan topshirilishini ta’minlashga chaqirdi. Gonduras Kongressi prezidenti Luis Redondo esa natijalarni mutlaqo noqonuniy deb atagan.

Saylov jarayonidagi texnik nosozliklar natijalarni chiqarishda ikkita katta kechikishga sabab bo‘ldi. Natijalarni onlayn ko‘rsatib turgan portal ishdan chiqqanidan so‘ng ovozlarning qariyb 15 foizi qo‘lda qayta sanalgan. Bu esa mamlakatda norozilik aksiyalariga olib keldi.

O‘tgan hafta poytaxt Tegusigalpada minglab odamlar firibgarlik gumoni bilan norozilik namoyishiga chiqqan. Amaldagi prezident Xiomara Kastro jarayonni “saylov to‘ntarishi” deb atagan va Trampning aralashuvi borligini ta’kidlagan.

Donald Tramp Asfurani saylov kampaniyasi davomida ochiq qo‘llab-quvvatlagan, hatto uning oz farq bilan yetakchilik qilayotgan natijalari o‘zgarsa “oqibatlar bo‘ladi”, deb ogohlantirgan. Shuningdek, Asfura yutmasa AQSh moliyaviy yordamni qayta ko‘rib chiqishini bildirmoqchi bo‘lgan.

Qaynoq24.uz Chilida yangi prezident saylangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.