2026-yil uchun davlat budjeti tasdiqlandi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–1105, 25.12.2025) qabul qilindi. Hujjat kelgusi yilda respublika konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibini belgilaydi.

Qonunga ko‘ra, respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2026-moliya yili davomida foydalanish mumkin. Mablag‘lar keyingi yilga o‘tkazilmaydi.

Hujjatda mol-mulkni ijara asosida beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, ayrim tovarlar bilan chakana savdo huquqi uchun yig‘imlarning chegaralangan miqdori, shuningdek xorijiy transport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirishi va tranziti uchun yig‘im stavkalari tasdiqlangan.

2026-yil uchun respublika konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining maksimal darajasi YAIMning 3 foizi miqdorida belgilandi. Qonun 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Qaynoq24.uz 2026-yilda oylik va nafaqalar qanchaga oshishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.