O‘zbekiston Respublikasida 29-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan esadi. Harorat kechasi 6–8 daraja, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo asosan o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq.
Buxoro va Navoiyda ham yomg‘ir ehtimoli bor. Shamol ba’zan kuchayishi mumkin. Issiqlik kechasi 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq kuzatiladi.
Toshkent viloyatida kechasi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi havo ochiq. Shamol g‘arbdan esadi, ba’zida kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq.
Samarqandda kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq.
Sirdaryo va Jizzaxda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 8–13 daraja, kechasi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryoda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir ehtimoli bor. Harorat kechasi 6–11 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq.
Surxondaryoda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Iliqlik kechasi 6–11 daraja, kunduzi 15–20 daraja atrofida.
Andijon, Namangan va Farg‘onada tuman tushishi mumkin. Kunduzi havo 6–11 darajagacha, kechasi esa 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 27-dekabr kuni ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

