Honor kompaniyasi 2026-yil yanvar oyida Honor Power 2 smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Qurilmaning asosiy e’tibor tortuvchi jihati bu — bozorda birinchi bo‘lib 10 000 mA/soatdan ortiq (10 080 mA/soat) sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi. Bu zaryadsiz uzoq vaqt foydalanish imkonini berishi bilan ajralib turadi.

Digital Chat Station Power 2’ning yuqori sifatli render suratlarini e’lon qildi. Rasmga ko‘ra, smartfon uch rangda taqdim etiladi: apelsin rangli premium ko‘rinish, shuningdek qora va oq variantlar ham bo‘ladi. Orqa qismdagi kamera dizayni iPhone Pro modelini eslatadi.

Texnik ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma MediaTek Dimensity 8500 chipida ishlashi kutilmoqda. Ekran 6,79 dyuymli OLED bo‘lib, 1,5K aniqlikni qo‘llaydi. Old kamera 16 MP, asosiy modul esa 50 MP bo‘ladi. Smartfon 12 GB RAM va Magic OS 10 (Android 16) bilan taqdim qilinishi taxmin qilinmoqda.
Qaynoq24.uz eng yaxshi Honor smartfonlari haqida yozgan edi.

