Yangi Li Auto L6 taqdimotdan oldin ko‘rinish berdi

Foto: Autohome
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Li Auto kompaniyasi o‘zining gibrid krossoverlar qatorini yangilashda davom etmoqda. Yangi Li Auto L6 taqdimotdan oldin ko‘rinish berdi.

Modelning yangi avlodi hali rasman namoyish etilmagan bo‘lsa-da, uning suratlari va ayrim texnik xususiyatlari Xitoy sanoat vazirligining sertifikatsiya katalogi orqali internetda paydo bo‘ldi.

Suratlarga ko‘ra, yangilangan Li Auto L6 tashqi ko‘rinishida katta modellarga yaqin uslubni oladi. Krossover yangi bamperlar, o‘zgartirilgan yorug‘lik texnikasi, yukxona qopqog‘idagi davlat raqami uchun yangi joy hamda yashirin eshik tutqichlari o‘rniga an’anaviy tutqichlar bilan ajralib turadi.

Foto: Autohome

Modelning uzunligi 10 mmga oshib, 4935 mmga yetgan. Qolgan o‘lchamlari esa avvalgi versiya bilan bir xil saqlangan. Texnik jihatdan yangi Li Auto L6 zamonaviyroq haydovchi yordamchi tizimlari hamda takomillashtirilgan ketma-ket turdagi gibrid kuch qurilmasiga ega bo‘ladi. Kapot ostida 1,5 litrli turbo dvigatel joylashgan bo‘lib, u 154 ot kuchi ishlab chiqaradi va generator vazifasini bajaradi. G‘ildiraklarni esa elektromotorlar harakatga keltiradi.

Foto: Autohome

Sertifikatsiya ma’lumotlarida elektromotorlar quvvati ko‘rsatilmagan. Biroq batareya sig‘imi 36,8 kVt·soatdan 51 kVt·soatgacha oshirilgani ma’lum. Shu sababli krossover faqat elektr quvvatida 234 kmgacha yo‘l bosishi mumkin. Amaldagi versiyada bu ko‘rsatkich 182 kmni tashkil etadi.

Yangi Li Auto L6 Xitoy avtosalonlarida iyul oyidayoq paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz nashri Kia Carnival avtomobilining baland tomli arzonroq versiyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.