Markaziy bank tomonidan 30-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 12025,33 so‘mni tashkil etmoqda. So‘nggi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, USD 31,99 so‘mga arzonlashgan.
Yevro ham pasayish qayd etdi — 14162,23 so‘m, bu esa 30,44 so‘mga kamayish degani. Funt sterling ham pastlagan — 16223,37 so‘m, o‘zgarish -37,13 so‘m.
Rossiya rubli esa biroz o‘sgan — 155,25 so‘m (+0,09). Yaponiya iyenasi 76,93 so‘mga teng bo‘lib, 0,13 so‘mga arzonlashgan. Shveytsariya franki 15250,89 so‘m, Xitoy yuani esa 1716,24 so‘mni tashkil etib, 4,49 so‘mga pasaygan.
Qaynoq24.uz 29-dekabr kuni oltin qiuymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

