Namanganda tibbiyot muassasalari noqonuniy olingan 300 mln so‘mni qaytaradi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Namangan viloyatida tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolardan asossiz undirilgan qariyb 300 mln so‘m mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Tekshiruvlar To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmalarida o‘tkazildi. Unda tibbiy o‘lchash va sinov vositalarining metrologik holati hamda ularning bemorlarni tekshirishda qo‘llanishi o‘rganildi.

Natijada, ayrim tibbiy asbob-uskunalar belgilangan muddatlarda metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagan holda ishlatilgani aniqlandi. Shuningdek, narxnomaga kiritilgan, ammo amalda qo‘llanmagan materiallar uchun ham fuqarolardan haq olingani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvlarga ko‘ra, shu yo‘l bilan qariyb 300 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olingan. Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani qayd etilgan.

Ko‘rib chiqish yakunida tibbiyot muassasalariga noqonuniy undirilgan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Qaynoq24.uz Namanganda 920 mln so‘mlik noqonuniy tamaki to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.