Honor Power 2 smartfoni qanday baholandi

Foto: Notebookcheck
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yangi Honor Power 2 smartfoni 2026-yil 5-yanvar kuni namoyish etiladi. Qurilma MediaTek’ning yangi Dimensity 8500 Elite protsessori bilan jihozlanadi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Honor Power 2 AnTuTu testida 2,4 milliondan ortiq ball to‘plagan. Bu natija uni o‘z sinfidagi eng kuchli smartfonlar qatoriga olib chiqadi. Oldinroq qurilma GeekBench bazasida ham qayd etilgandi.

Smartfon qishki cheklangan nashr uchun mo‘ljallangan Snowman Airbag Stand aksessuari bilan ham taqdim etiladi. Ushbu aksessuar telefon orqa qismiga biriktiriladi. Qurilma suv va changdan himoyalanish bo‘yicha IP68, IP69 va IP69K sertifikatlariga ega bo‘ladi.

Honor Power 2 10 080 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 80 vattli tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 6,79 dyuymli LTPS OLED displeyga ega bo‘lib, 1,5K aniqlik va 120 Gs yangilanish chastotasini taklif etadi.

Old kamera 16 megapikselli bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy kamera bloki esa 50 megapikselli asosiy va 5 megapikselli keng burchakli moduldan iborat bo‘ladi. HDR yorqinligi 8 ming nitgacha yetishi aytilmoqda.

Rasmiy posterlarga ko‘ra, qurilma Snow White, Midnight Black va Sunrise Orange ranglarida sotuvga chiqadi. Smartfon 12 GB operativ xotira va 512 GB gacha ichki xotira bilan taqdim etiladi. Shuningdek, 12 GB virtual RAM funksiyasi ham mavjud bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi Xitoy smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
1 dona sharh
  • Бора бора заряд куймасдан ишлатиладиган сматфон кутиб коламиз 😀👍

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.