Kiyim ishlab chiqarishda qaysi hudud yetakchi bo‘ldi?

Foto: Freepik
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 37,9 trillion so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori natija Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Viloyatda 17,2 trillion so‘mlik kiyim ishlab chiqarilib, respublika bo‘yicha mutlaq yetakchilik qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda Namangan viloyati 3,7 trillion so‘m, Toshkent viloyati esa 3,6 trillion so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Toshkent shahrida 2,6 trillion so‘mlik, Farg‘ona viloyatida esa 2,2 trillion so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, Navoiy viloyatida ishlab chiqarish hajmi 1,9 trillion so‘mni, Qashqadaryoda 1,6 trillion so‘mni, Buxoro viloyatida esa 1,5 trillion so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 1,2 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

Nisbatan pastroq hajmlar Surxondaryo viloyatida 562 milliard so‘m, Jizzax viloyatida 524,1 milliard so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 497,4 milliard so‘m etib qayd etilgan. Sirdaryo viloyatida 390,6 milliard so‘mlik, Xorazm viloyatida esa 387,8 milliard so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston 11 oyda 2,3 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.