Markaziy bank tomonidan 6-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 11 952,24 so‘mni tashkil etdi va bir kun ichida 52,17 so‘mga arzonlashdi. Yevro ham sezilarli tushdi — uning kursi 13 963,80 so‘m bo‘lib, 165,39 so‘mga pasaydi.
Rossiya rubli 147,81 so‘mgacha tushib, 5,78 so‘m yo‘qotdi. Britaniya funt sterlingi 16 067,40 so‘m etib belgilandi, bu avvalgi kunga nisbatan 155,36 so‘mlik pasayishni anglatadi.
Yapon iyenasi 76,17 so‘m darajasida qayd etildi va 0,82 so‘mga arzonlashdi. Shveysariya franki 15 007,84 so‘mni tashkil etib, 210,73 so‘mlik pasayish ko‘rsatdi. Xitoy yuani ham 1 710,84 so‘mgacha tushib, 6,95 so‘mga kamaydi.
Qaynoq24.uz 5-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

