Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Departament xabar bermoqda.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan reyd davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Z.R.ning “O‘qchi Olmazor” MFY hududidagi xonadonidan tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “Pregabalin” moddasi bo‘lgan 139 dona dori vositasi aniqlangan. Mazkur dori vositalari o‘tkazish maqsadida saqlab kelingani qayd etilib, ashyo dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Qoraqalpog‘istonda tadbirkordan pora talab qilgan soliq xodimlari ushlangani haqida yozgan edi.

