Tramp Venesueladan keyin qaysi davlatlarni nishonga olishi mumkin

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Trampning ikkinchi muddati tashqi siyosatdagi keskin qarorlar bilan kechmoqda. Venesuela prezidenti va uning rafiqasi Karakasdagi qo‘riqlangan qarorgohidan olib ketilgani ortidan Donald Tramp boshqa davlatlarga ham ochiq ogohlantirishlar bera boshladi. BBC nashri maqolasida AQShning yana bir qator davlatlarga bosimi ortishi mumkinligini qayd etdi.

Grenlandiya

Tramp Grenlandiyani milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhim hudud deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada Rossiya va Xitoy kemalari faol. Daniya qirolligiga qarashli orol noyob metallarga boy bo‘lib, Arktika mintaqasida strategik ahamiyatga ega. Grenlandiya bosh vaziri Jens Frederik Nielsen AQSh nazorati haqidagi gaplarni “fantaziya” deb atadi.

Kolumbiya

Venesueladagi voqealardan so‘ng Tramp Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroga keskin bayonot bilan chiqdi. AQSh Kolumbiyani narkotik savdosiga qarshi yetarli choralar ko‘rmayotganlikda ayblamoqda. Tramp hatto Kolumbiyaga nisbatan harbiy amaliyot ehtimolini ham istisno etmadi.

Eron

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar kuchayib borar ekan, Tramp agar yana qurbonlar bo‘lsa, AQSh keskin javob berishini aytdi. Avvalroq AQSh Isroil bilan birga Eron yadroviy obyektlariga zarba bergan edi. Masala Tramp va Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu uchrashuvida ham muhokama qilingan.

Meksika

Tramp Meksika orqali AQShga giyohvand moddalar va noqonuniy muhojirlar oqimi kuchli ekanini ta’kidlab kelmoqda. U kartellar juda qudratli ekanini aytib, “nimadir qilishga to‘g‘ri keladi”, dedi. Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum esa AQSh harbiy amaliyotiga qat’iy qarshi ekanini bildirdi.

Kuba

AQShdan atigi 90 mil uzoqlikda joylashgan Kuba o‘nlab yillardan beri sanksiyalar ostida. Tramp Kubaga harbiy aralashuv shart emasligini, mamlakat iqtisodiy jihatdan zaiflashganini aytdi. Venesuela Kubaga neft yetkazib berishda muhim rol o‘ynagan va bu oqim to‘xtashi Gavanani qiyin ahvolga solishi mumkin.

Qaynoq24.uz Venesuela poytaxtida otishma sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.