Huawei Pura 90 Ultra smartfoni qanday kamera bilan chiqadi

Foto: Huawei
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Huawei kompaniyasi yangi flagmani — Huawei Pura 90 Ultra smartfoni uchun 200 megapikselli telefoto kamerani A/B test rejimida sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Digital Chat Station manbasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suratga olishga yo‘naltirilgan flagman qurilmada 50 MP o‘lchamdagi, bir dyuymli sensor va o‘zgaruvchan diafragma asosiy kamera sifatida qo‘llanadi. Ushbu yechim avvalgi Pura 80 Ultra modelida ham mavjud bo‘lgani sababli, gap aynan uning vorisi haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda.

Insayderga ko‘ra, sinovdan o‘tayotgan 200 MP telefoto sensorining o‘lchami 1/1.28 dyuymni tashkil etadi va 3,5 karra optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Hozircha Huawei ikki xil sensor variantini taqqoslamoqda. Ular orasida 40 nanometrli OV52A va yanada ilg‘or 22 nanometrli SCC80XS mavjud bo‘lib, ikkinchi variant apparat imkoniyatlari jihatidan ustunroq ekani aytilmoqda.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, Huawei Pura 90 Ultra Xitoy yangi yilidan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu model Pura 90, Pura 90 Pro va Pura 90 Pro Plus’ni o‘z ichiga olgan yangi seriyaning eng yuqori talqini bo‘lishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Xitoy smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.