Davlat budjeti daromadlarini prognozlash tartibi o‘zgardi. Bu haqda “Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi. Hujjat 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, 2026-moliya yilida budjet daromadlari bo‘yicha choraklik prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi. Ushbu ko‘rsatkichlar daromad manbalari va hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Prognozlar tasdiqlangach, uch ish kuni ichida tuman va shaharlar budjet daromadlari bo‘yicha choraklik ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanishi lozim.
Shuningdek, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Qarorga asosan, 2026-yildan boshlab kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash jarayoni Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda olib boriladi.
Qaynoq24.uz jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasi belgilangani haqida yozgan edi.

