Xiaomi 17 Max qanday xususiyatlar bilan chiqadi

Foto: Xiaomi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17 Max nomli yangi model ustida ishlamoqda. Ushbu qurilma avvalgi Ultra modellardagi egri dizayndan voz kechib, maksimal quvvat va uzoq ishlashga yo‘naltiriladi.

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 17 Max 6,9 dyuymli tekis AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Displeyda LIPO texnologiyasi qo‘llanib, romkalar qalinligi taxminan 1,18 millimetrgacha qisqartiriladi. SuperRED yorug‘lik materiali hisobiga ekran yorqinligi 3 500 nitgacha yetishi kutilmoqda. Qurilmada tekis oynaning ostiga joylashtirilgan 3D ultratovushli barmoq izi skaneri ham bo‘ladi.

Smartfon korpusi premium metall qotishmadan tayyorlanadi. Orqa panel minimalistik uslubda ishlanib, kamera bloklari ixcham joylashtiriladi. Shuningdek, qurilma IP68 va IP69 standartlariga mos kelib, chang va suvga nisbatan yuqori darajada himoyalanadi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Max’ning eng asosiy jihati uning batareyasi bo‘lishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, kompaniya silikon-uglerod anod texnologiyasini rivojlantirib, 8 000 mA/soat sig‘imli batareyani joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu bitta yirik element yoki yuqori zichlikdagi ikki hujayrali yechim bo‘lishi mumkin. Batareya tarkibida silikon ulushi 16–20 foizga yetkazilishi hisobiga, qurilma qalinligi taxminan 8 millimetr atrofida saqlab qolinadi.

Qurilma tezkor quvvatlash imkoniyatlarida ham raqobatchilardan ortda qolmaydi. Xiaomi 17 Max 100 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, bu sig‘im Samsung‘ning so‘nggi flagmanlarida uchraydigan 5 000 mA/soatli batareyalardan ancha yuqori hisoblanadi.

Yangi modelning yuragi sifatida Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori tanlanadi. Korpus ichida kengaytirilgan bug‘ kamerasi sovitish tizimi qo‘llanib, yuqori yuklama ostida ham barqaror ishlash ta’minlanadi. Shuningdek, katta X-o‘qli vibratsion motor professional darajadagi taktil javob berishga moslab sozlanadi.

Xiaomi 17 Max smartfoni Android 16 asosidagi HyperOS 3 operatsion tizimi bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Xiaomi 17 Ultra qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.