Bugundan “metan zapravkalar” cheklanadi

Foto: Autostrada
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

8-yanvardan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, 8-yanvardan boshlab metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Farg‘ona vodiysida esa zapravkalar ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimi darajasidan kelib chiqib belgilanadi.

Vazirlikka ko‘ra, gaz bosimi pasaygan paytlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transporti hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsad qilingan. Shundan kelib chiqib, metan zapravkalarning ish rejimi hududlar kesimida muvofiqlashtiriladi.

Bildirilishicha, mazkur choralar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz 22-dekabr kuni metan “zapravkalar” ochilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.