Sovuq tufayli Yevropa transportida jiddiy uzilishlar yuz berdi

Foto: Businessinsider
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qor yog‘ishi, muzlama va anomal sovuq Yevropa transportida kollapsga sabab bo‘lgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Noqulay ob-havo tufayli minglab aviareyslar bekor qilindi yoki kechiktirildi, temiryo‘l qatnovida uzilishlar yuzaga keldi. Shuningdek, yo‘llarda yo‘l-transport hodisalari soni keskin oshgani aytilmoqda.

Xususan, Amsterdamdagi Schiphol Airport hamda Bryusselda bir necha kun ichida minglab reyslar bekor qilingan yoki kechiktirilgan. Fransiyada ham ommaviy bekor qilishlar qayd etilib, mamlakat hududining qariyb uchdan bir qismi yuqori meteorologik xavf rejimiga o‘tkazilgan.

Qaynoq24.uz Qozog‘istondagi sovuq oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

15-dekabr holatiga G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida noqulay ob-havo tufayli jami to‘rt nafar shaxs vafot etgan. Avvalroq viloyatning Janibek, Bokeyorda, Kaztalov va Akjayik tumanlarida besh kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingan edi. Keyinchalik qutqaruvchilar uch nafar qishloq aholisining jasadini topgan.

Shuningdek, Akjayik tumanida yashovchi 54 yoshli erkak sovuq urishi bilan topilib, qo‘l-oyoqlarida kuchli muzlash alomatlari aniqlangan. U shoshilinch ravishda Uralsk shahriga yotqizilishi rejalashtirilgan.

Yana bir fuqaro hanuz bedarak yo‘qolgan. Gap 1966-yilda tug‘ilgan erkak haqida bormoqda. U 13-dekabr kuni Janibek tumani Kuygenkul qishloq okrugidagi “Buxar” qishlog‘idan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.