8-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: GBD
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 8-yanvar kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining sotish narxi 8 mln 795 ming so‘m etib belgilandi. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 453 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 8 mln 368 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

10 grammli oltin quymasi 17 mln 590 ming so‘mdan sotilmoqda. Uni qadog‘i but bo‘lgan holatda 16 mln 907 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik ekspertizadan so‘ng 16 mln 736 ming so‘mga qaytarib sotish mumkin.

20 grammli oltin quymasining sotish narxi 35 mln 179 ming so‘m etib belgilangan. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 33 mln 813 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan holatda esa 33 mln 472 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, 50 grammli oltin quymasi 87 mln 948 ming so‘mdan sotilmoqda. Uni qadog‘i but bo‘lsa 84 mln 533 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan taqdirda 83 mln 679 ming so‘mga qaytarib sotish mumkin.

100 grammli oltin quymasining sotish narxi 175 mln 897 ming so‘m etib belgilangan. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 169 mln 066 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 167 mln 358 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Qaynoq24.uz 8-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.