OnePlus Turbo 6 399 dollardan sotuvga chiqdi

Foto: Notebookcheck
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

OnePlus Turbo 6 smartfoni global bozorda sotuvga chiqarildi. Qurilmaning boshlang‘ich narxi 399 dollarni tashkil etadi. Bu haqda Giztop platformasi xabar bermoqda.

Smartfon ColorOS 16 interfeysi asosidagi Android 16 tizimida ishlaydi. U yuqori unumdor Qualcomm Snapdragon protsessori bilan jihozlangan. Qurilma 12 yoki 16 GB LPDDR5X tezkor xotiraga ega.

OnePlus Turbo 6 6,78 dyuymli AMOLED displey bilan ta’minlangan. Ekran 1.5K aniqlik va 165Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yorqinlik darajasi 1800 nitgacha yetadi va HDR10+ mavjud.

Asosiy kamera 50 MP Sony IMX906 sensoriga ega bo‘lib, OIS qo‘llab-quvvatlanadi. Qo‘shimcha 2 MP monoxrom modul o‘rnatilgan. Old kamera 16 MP bo‘lib, 1080p video yozuvni qo‘llaydi.

Foto: Giztop

Smartfon 9000 mA·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. SuperVOOC tezkor quvvatlash texnologiyasi mavjud. Ultra Power Saving rejimi energiya tejamkorligini oshiradi.

OnePlus Turbo 6 o‘yin, multitasking va kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qurilma kuchli texnik ko‘rsatkichlari va nisbatan arzon narxi bilan ajralib turadi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi Xitoy smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.