Oslo aeroportida noma’lum dron sababli qo‘nish-ko‘tarilish yo‘lagi vaqtincha yopildi

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

10-yanvar kuni Oslo yaqinidagi Gardermoen aeroportida noma’lum dron taqiqlangan hududda uchayotgani aniqlangan. Xavfsizlik maqsadida aeroportning sharqiy qo‘nish-ko‘tarilish yo‘lagi vaqtincha yopilgan. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Barcha samolyotlar g‘arbiy yo‘lakka yo‘naltirilgan, shu sabab biroz kechikishlar yuzaga kelgan.

Politsiya dron operatorini topa olmadi, dron esa sirli ravishda yo‘qoldi. 10 yanvar soat 14:30 da yo‘lak ish faoliyatini tikladi.

2025 yil kuzidan boshlab Yevropadagi bir qator aeroportlar yaqinida noma’lum dronlar uchishi kuzatilmoqda, jumladan Daniya, Shvetsiya, Germaniya va Belgiya aeroportlarida. Ba’zi ekspertlar buni gibrid hujumlar sifatida baholasa-da, Rossiyaning bu voqealarga aloqasi borligiga dalil yo‘q.

Qaynoq24.uz Palma de Mayorka aeroportida dron tufayli parvozlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.