2026-yilda smartfonlarga qancha batareya kerak

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

So‘nggi yillarda kremniy–uglerodli akkumulyatorlarning paydo bo‘lishi smartfonlarga qo‘yiladigan talablarni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Agar avval 5000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rtacha smartfon uchun yetarli deb hisoblansa, 2026-yilda 6000, 7000 va undan ham yuqori sig‘imga ega qurilmalar paydo bo‘ldi.

Mutaxassislar fikricha, endilikda akkumulyator sig‘imi qurilmaning o‘lchami va qalinligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Yangi talablarga ko‘ra, ixcham yoki ultra yupqa smartfonlar uchun 5500–6000 mA/soat, 6,6–6,9 dyuymli ekranli odatiy smartfonlar uchun esa 6500–7000 mA/soat sig‘im optimal hisoblanadi.

Biroq kremniy–uglerodli akkumulyatorlar barcha modellarida qo‘llanilmayapti. Ular asosan flagman va o‘rta segment qurilmalarida uchraydi. Ayrim brendlar, jumladan Samsung, hozircha ushbu texnologiyadan foydalanmayapti. Buning sababi yangi turdagi akkumulyatorlarning uzoq muddatli ishonchliligi to‘liq o‘rganilmaganida ko‘rilmoqda.

Masalan, 7300 mA/soatli OnePlus 15 modeli 1100 ta qayta zaryadlash sikliga mo‘ljallangan bo‘lsa, 4900 mA/soatli Galaxy S25+ 2000 siklgacha chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu esa katta sig‘im har doim ham uzoq umr degani emasligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, smartfonning ishlash vaqti faqat akkumulyator sig‘imiga bog‘liq emas. Ekran texnologiyasi, protsessorning energiya samaradorligi va dasturiy optimizatsiya ham muhim rol o‘ynaydi. Bir xil sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan qurilmalarda ham flagman modellarning uzoqroq ishlashi bunga misol bo‘la oladi.

Qaynoq24.uz 2026-yilda smartfon uchun qancha xotira kerakligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.