Qozog‘istonda ayol TikTok’dagi chiqishlari uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qozog‘istonning Kostanay shahrida istiqomat qiluvchi ayol TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi chiqishlari sababli jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

Sud aniqlashicha, ayol 2024-yil noyabr oyining boshida mobil telefon orqali TikTok’da jonli efirga ulanib, translyatsiya davomida milliy mansublik belgisi asosida haqoratli va kamsituvchi fikrlarni ochiq tarzda bildirgan. Ushbu harakatlar jamoatchilik oldida amalga oshirilgani sababli Jinoyat kodeksining 174-moddasi 1-qismi bilan baholangan.

Davlat ayblovchisi sudda ayolga to‘rt yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan. Ayblanuvchi esa aybini qisman tan olgan. Sud jarayonida jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi bilan birga, ayolning voyaga yetmagan farzandi sog‘lig‘i bilan bog‘liq og‘ir holat yengillashtiruvchi omil sifatida inobatga olingan. Og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlanmagan.

Sud ayolni ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan. Jazoni minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasasida o‘tashi belgilandi. Hozircha ushbu hukm qonuniy kuchga kirmagan.

Qaynoq24.uz Qozog‘istonda prank taqiqlanishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.