Navoiyda banklar foydasiga 721 mlrd so‘m undirildi

Foto: MIB
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Navoiy viloyatida banklar foydasiga 721 mlrd so‘m undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura Navoiy viloyati boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda ish yurituvda banklar foydasiga doir 1 trln 245 mlrd so‘mlik 32 541 ta ijro hujjati mavjud bo‘lgan. Ijro harakatlari natijasida 721 mlrd so‘mlik 18 015 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlangan.

Shuningdek, 357,1 mlrd so‘mlik 1 171 ta garov mulk auksion savdolariga chiqarilgan. Sotilgan 246 ta mulk hisobidan 49 mlrd so‘m mablag‘ banklar foydasiga o‘tkazib berilgan.

Tijorat banklari manfaatida 140,9 mlrd so‘mlik kredit qarzdorligini undirish maqsadida 7 557 nafar qarzdorning ish haqiga undiruv qaratilgan.

Majburiy ijro byurosi ma’lum qilishicha, mazkur tadbirlar hozirda ham davom ettirilmoqda.

Qaynoq24.uz Navoiy davlat universitetning mansabdor xodimi pora bilan ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.