14-yanvar kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol asosan sharq yo‘nalishida, ba’zi hududlarda 12‑18 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida kechasi 3-5° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda kechasi 4° sovuqdan 1° iliqgacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda; kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Xorazm viloyatida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘lib, shamol ba’zi joylarda 13-18 m/s kuchayishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2° sovuqdan 3° iliqgacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi; ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 3° sovuqdan 2° iliqgacha, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 13-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

