Markaziy Osiyoda eng daromadli sohalar qaysi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

HeadHunter platformasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida eng yuqori daromad qayd etilgan soha va hududlar bo‘yicha tahlil e’lon qildi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mehnat bozoridagi median ish haqi ko‘rsatkichlari qiyosiy o‘rganilgan.

Tahlillarga ko‘ra, Qozog‘istonda 2025-yilda median ish haqi yillik hisobda 8,6 foizga oshib, 296,9 ming tengeni tashkil etdi. Eng yuqori daromadlar asosan yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejmenti, avtomobil biznesi hamda marketing va reklama sohalarida kuzatildi. Mamlakat poytaxti Ostona ish haqi darajasi bo‘yicha yetakchi bo‘lib, bu yerda median ko‘rsatkich 327,9 ming tengeni tashkil qilgan.

Qirg‘izistonda esa median ish haqi bir yil ichida 6 foizga o‘sib, 45,9 ming somga yetdi. Bu mamlakatda ham eng daromadli yo‘nalishlar qatorida menejment sohasi yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, avtomobil biznesi va xomashyo qazib olish tarmoqlarida nisbatan yuqori maoshlar qayd etilgan. Bishkek shahrida median ish haqi 46,2 ming som atrofida bo‘lgan.

O‘zbekistonda 2025-yilda median ish haqi 5,3 million so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 1,8 foizga pasaygan. Eng yuqori daromadlar avtomobil biznesi, menejment, xaridlar, fan va ta’lim hamda marketing va reklama yo‘nalishlarida kuzatilgan. Toshkent shahri mamlakat bo‘yicha eng yuqori maosh to‘lanadigan hudud bo‘lib, poytaxtda median ish haqi qariyb 5,4 million so‘mni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz mehnat ta’tili haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.