Markaziy bank tomonidan 15-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 46,33 so‘mga tushib, 12 001,71 so‘mni tashkil etdi.
Yevro valyutasi 78,08 so‘mlik pasayish bilan 13 984,39 so‘mga teng bo‘ldi. Rossiya rubli 0,41 so‘mga arzonlab, 152,87 so‘m darajasida qayd etildi.
Britaniya funti 91,26 so‘mga kamayib, 16 150,70 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,23 so‘mga pasayib, 75,59 so‘mga tushdi.
Shuningdek, Shveysariya franki 138,74 so‘mlik eng katta pasayishlardan birini ko‘rsatdi va 14 964,73 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 5,75 so‘mga arzonlab, 1 721,37 so‘m darajasida belgilandi.
Qaynoq24.uz 14-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

