Honor Magic 8 Pro Air va iPhone Air taqqoslandi

Foto: AI
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

X tarmog‘ida Apple’ning iPhone Air modeli hamda Honor Magic 8 Pro Air smartfonini yon tomondan solishtiruvchi suratlari e’lon qilindi. Qurilmalar aynan yon qirrasi orqali ko‘rsatilgani ularning qalinligini aniq taqqoslash imkonini berdi.

Honor Magic 8 Pro Air iPhone Air’ga nisbatan biroz qalinroq ko‘rinsa-da, texnik jihatdan ustun tomonlarga ega. Xususan, Honor smartfonida 5500 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u hatto iPhone 17 Pro Max’dagi batareyadan ham kattaroq.

Magic 8 Pro Air uch kamerali asosiy modul, ikki tomonlama stereo dinamiklar va jismoniy SIM-karta slotiga ega. Uning fikricha, ushbu imkoniyatlar hisobiga qurilma qalinligining biroz ortishi to‘liq o‘zini oqlaydi.

Foto: Ice Universe

Ma’lumotlarga qaraganda, Magic 8 Pro Air korpusining qalinligi 6,1 mm, iPhone Air esa 5,6 mm. Honor yangi modeli “Air” toifasi uchun katta akkumulyatordan tashqari, 80 Vt quvvatli simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Magic 8 Pro Air sanoatdagi eng yupqa periskop teleobyektiv bilan jihozlanishi xabar qilingandi. Ushbu modul 64 MP sensor, 3,2 baravar optik va 100 baravar maksimal zumni taklif etadi. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, sensor formati 1/1,3 dyuymni tashkil etadi. Qurilmaning asosiy kamerasi bilan olingan namunaviy suratlar ham allaqachon e’lon qilingan.

Yangi smartfon Dimensity 9500 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma uchun oldindan buyurtmalar boshlangan, rasmiy taqdimot esa 19-yanvarga belgilangan.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Honor smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.