O‘zgidromet agentligi tomonidan 16-yanvar uchun ob-havo e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda iqlim o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechqurun yog‘ingarchilik qor ko‘rinishiga o‘tishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6–8° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yengil qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda tuman tushadi. Shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3–8° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Shamol ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3–8° iliq atrofida bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 1° sovuqdan 4° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol tezligi 18 m/s gacha yetishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 15-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

