O‘zgidromet tomonidan 19-yanvar uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan iqlim kuzatiladi.
Bugun kunduzi mamlakat hududlarining aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Navoiy viloyatida, ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kechqurun Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2–7° iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3–5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘adi va tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanadi. Yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0–5° sovuq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 17-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

