“Yangi bank” AJni tugatish bo‘yicha Tugatish komissiyasi tuzildi

Manba: Spot
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatini tugatish bo‘yicha Tugatish komissiyasi tuzilganini ma’lum qildi. Komissiya o‘z faoliyatini rasman boshlagan.

Hozirda bank omonatchilarining ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ushbu jarayon 8 ish kuni davom etishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha keyingi bosqich boshlanadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2 ish kuni ichida Omonatlarni kafolatlash agentligi kompensatsiya miqdori hamda agent-bank haqidagi axborotni rasmiy saytida e’lon qiladi. Bu taxminan 28-yanvar kuniga to‘g‘ri keladi.

Qonunchilikka muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari davlat tomonidan kafolatlanadi. “Yangi bank”dagi kafolatlangan omonatlar bo‘yicha to‘lovlar Omonatlarni kafolatlash agentligi orqali amalga oshiriladi.

Omonatlar yuzasidan savollar bo‘lsa, 555 500 500 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

Qaynoq24.uz Markaziy bank «Yangi bank» litsenziyasini bekor qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.