Markaziy bank tomonidan 15-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 9 mln 241 ming so‘m etib belgilangan.
Ushbu quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 75 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa texnik ekspertizadan so‘ng 7 mln 993 ming so‘mni tashkil etadi.
10 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 18 mln 482 ming so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank uni qadog‘i but holatda 16 mln 149 ming so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 15 mln 986 ming so‘mdan qaytarib sotib oladi.
20 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 36 mln 964 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu quymaning qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 32 mln 299 ming so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 31 mln 973 ming so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 241 000 so‘m | 8 075 000 so‘m | 7 993 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 482 000 so‘m | 16 149 000 so‘m | 15 986 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 964 000 so‘m | 32 299 000 so‘m | 31 973 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 411 000 so‘m | 80 747 000 so‘m | 79 932 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 821 000 so‘m | 161 494 000 so‘m | 159 863 000 so‘m |
Regulyator izohiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalar narxi kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 15-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


