Markaziy bank tomonidan 15-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi pasaydi, yevro va funt sterling esa qimmatlashdi.
AQSh dollari 32,67 so‘mga arzonlab, 11 981,81 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi esa 21,03 so‘mga oshib, 13 879,73 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli 1,48 so‘mga pasaydi va 165,13 so‘mni tashkil etdi. Britaniya funt sterlingi 22,24 so‘mga qimmatlashib, 16 080,79 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, Yaponiya iyenasi 0,02 so‘mga oshib, 74,86 so‘mga, Shveysariya franki esa 36,38 so‘mga qimmatlashib, 15 061,99 so‘mga yetdi. Xitoy yuani 0,53 so‘mga arzonlab, 1772,09 so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Valyuta | Kurs | O‘zgarish |
|---|---|---|
| AQSh dollari | 11 981,81 so‘m | −32,67 so‘m |
| Yevro | 13 879,73 so‘m | +21,03 so‘m |
| Rossiya rubli | 165,13 so‘m | −1,48 so‘m |
| Britaniya funt sterlingi | 16 080,79 so‘m | +22,24 so‘m |
| Yaponiya iyenasi | 74,86 so‘m | +0,02 so‘m |
| Shveysariya franki | 15 061,99 so‘m | +36,38 so‘m |
| Xitoy yuani | 1 772,09 so‘m | −0,53 so‘m |
Qaynoq24.uz 12-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


