Toshkent tumanida noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Depatamentning Toshkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.S. qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, u fuqaro M.A.ga aksiz markasisiz 10 quti tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlangan. Tekshiruv davomida S.S.ga tegishli bo‘lgan Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonda sotish maqsadida saqlab kelingan, tegishli hujjatlari va aksiz markasi bo‘lmagan 1 384 quti tamaki mahsulotlari aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda noqonuniy mayning ferma fosh etilgani haqida yozgan edi.

