Makron taklif qilgan Parij sammitiga Tramp va Merz bormaydi

Foto: France 24
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda G7 sammiti o‘tkazishni va unga Daniya, Ukraina hamda Rossiya vakillarini taklif etishni ilgari surdi. Biroq ushbu tashabbus yetakchi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar savoliga javoban Parijga borishni rejalashtirmayotganini aytdi. AQSh ma’muriyati vakili ham hozircha bunday safar kun tartibida yo‘qligini ma’lum qildi.

Germaniya kansleri Friedrich Merz ham Makron taklif etgan kunda Parijga tashrif buyurmaydi. U Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidan so‘ng bevosita Bryusselga yo‘l oladi. Bu haqda Germaniya hukumati manbalari xabar berdi.

Avvalroq Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida Makrondan olingan xabarlar skrinshotlarini e’lon qilgan edi. Unda Parijda G7 uchrashuvi va qo‘shma kechki ovqat tashkil etish taklifi bildirilgan. Reuters va AFP agentliklari ushbu xabarlarning haqiqiyligini Fransiya prezidenti atrofidagi manbalar tasdiqlaganini yozdi.

Donald Tramp 21-yanvar kuni Davosda nutq so‘zlashi kutilmoqda. U yerda davlat rahbarlari va biznes vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Friedrich Merz ham AQSh prezidenti bilan uchrashishga umid qilmoqda, biroq bu suhbat bo‘lib o‘tishi hozircha noma’lum.

22-yanvar kuni Bryusselda o‘tadigan Yevropa Ittifoqining favqulodda sammitida esa Grenlandiya atrofidagi vaziyat muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ladi. AQShning orolni sotib olish bo‘yicha bayonotlari YeI davlatlarida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Qaynoq24.uz Donald Tramp Daniya orol xavfsizligini ta’minlay olmasligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.