21-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Apmex
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Tijorat banklarida sotilayotgan 21-yanvar kuni oltin quymalarining narxlari ma’lum qilindi. 5 grammli quymaning sotish narxi 9 474 000 so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i but holatda bo‘lsa, u 9 106 000 so‘mdan qaytarib olinadi. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, narx 9 014 000 so‘m bo‘ladi.

10 grammli oltin quymaning sotish narxi 18 948 000 so‘m etib belgilandi. Qadog‘i but holda qaytarib sotib olish narxi 18 212 000 so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 18 028 000 so‘mni tashkil etadi. 20 grammli quymaning sotish narxi 37 896 000 so‘m bo‘ldi.

50 grammli oltin quymalar 94 741 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan holda u 91 062 000 so‘mdan, qadog‘i buzilgan holatda esa 90 142 000 so‘mdan qaytarib olinadi. 100 grammli quymaning sotish narxi 189 482 000 so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 182 124 000 so‘m, talabga javob bermasa 180 284 000 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz 21-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.