Kredit tashkilotlari mijozlar onlayn firibgarlik holatlari yuzaga kelganda darhol murojaat qilishi uchun bank kartalarida 24 soat ishlaydigan aloqa raqamini joylashtiradi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Bank kartasi rasmiylashtirilganda yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilganda tuziladigan shartnomalar va ommaviy ofertalarda bir qator talablar aniq ko‘rsatilishi shart bo‘ladi. Xususan, foydalanuvchiga firibgarlik belgilari aniqlangani haqida xabar berilishi lozim.
Agar foydalanuvchi qurilmasi yo‘qolsa yoki unga begona shaxslar tomonidan nazorat o‘rnatilganini bilsa, bu haqda bank yoki to‘lov tashkilotini kechiktirmasdan, biroq bir kundan kech bo‘lmagan muddatda xabardor qilishi talab etiladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchi o‘z roziligisiz amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyani aniqlaganidan so‘ng, bir kun ichida bu haqda kredit yoki to‘lov tashkilotiga murojaat qilishi kerak.
Agar foydalanuvchi SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan telefon raqamini o‘zgartirsa, kredit yoki to‘lov tashkiloti avvalgi raqamga xizmat o‘chirilgani, yangi raqamga esa xizmat ulanganligi haqida SMS orqali alohida xabar yuboradi.
Qaynoq24.uz banklarda “sirli mijoz” orqali nazorat o‘tkazilishi haqida yozgan edi.

