Shavkat Mirziyoyev Syurix shahriga yetib bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Syurix xalqaro aeroportida prezidentimizni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, 22-yanvar kuni prezident Mirziyoyev Davos shahrida, AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Qaynoq24.uz AQSh O‘zbekistonni Yaqin Sharq bo‘yicha Tinchlik kengashiga taklif qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.