Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar ushlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning tezkor tadbirlari natijasida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan bir nechta shaxslar ushlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Angren shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, O.X. fuqaro K.Sh.ga 4 000 AQSh dollarini 48,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 138 AQSh dollari, 16 030 Rossiya rubli, 19,8 so‘m, 100 Serbiya dinari va 5 Turkiya lirasi olindi.

Chortoq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro E.Q. (avval sudlangan) 4 000 AQSh dollarini 48,4 million so‘mga fuqaro U.Yu.ga sotgan vaqtida ushlangan.

Bo‘stonliq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro M.Sh. fuqaro K.O.ga 4 000 AQSh dollarini 48 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Bekobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro N.B. va boshqalar fuqaro G.O.ga 38 460 Tojik somonini 50 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qaynoq24.uz kuchli ta’sir qiluvchi vositalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.