Andijonda “gayi” yo‘l qoidasini buzdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida “gayi” yo‘l qoidasini buzdi. Bu haqda Viloyat YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

A-373 xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lida joylashgan «Baxt» chorrahasida, «Lasetti» rusumli, davlat raqam belgilari 60 560 VSF bo‘lgan maxsus avtomobilning haydovchisi (Andijon viloyati IIB JXX YXHB YPXB 6 safarbar guruh komandiri S.S.) tomonidan yo‘l belgilariga amal qilmasdan chapga burilish amalga oshirilgan. Ushbu holat boshqa bir haydovchi tomonidan videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi.

Mazkur qoidabuzarlikni sodir etgan xodim S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, xizmat intizomi va yo‘l harakati qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Yo‘l harakati qoidalarining 25-bandiga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari, zarur xizmat vazifalarini bajarib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ba’zi qoidalardan chetga chiqishi mumkinligi belgilangan.

Qaynoq24.uz Sirdaryoda 8 ta avtomobil to‘qnashgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.