“Open budjet”da deputatlar qo‘shimcha loyihalarni g‘olib deb e’lon qiladi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 1-avgustdan boshlab tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Har bir deputat “Open budjet” axborot portalida bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha g‘olib sifatida belgilashi mumkin bo‘ladi.

Agar deputatning vakolat muddati muddatidan oldin tugatilsa, tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanadi. Bunda qaror Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilinadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab sheriklik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari ham kengaytiriladi. Bunday loyihalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Mobil ilovalarda “Ochiq budjet” portali bilan integratsiya ta’minlanadi. Shu orqali foydalanuvchilar barcha sheriklik loyihalari ro‘yxatini, shuningdek, tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Qarorda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha bo‘lgan bunday loyihalarni tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Qaynoq24.uz “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.