Farg‘ona vodiysida qor yog‘ishi tufayli 5 ta reys boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda bir nechta OAV xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, S76311 Irkutsk–Andijon reysi O‘shga, 9S5010 Jidda–Namangan reysi Samarqandga, U62963 Yekaterinburg–Namangan reysi Samarqandga, HY9806 Samara–Namangan reysi Toshkentga, va 7Q4452 Madina–Namangan reysi Toshkentga qo‘ndi.
Noqulay iqlim hafta oxirigacha saqlanib qolishi mumkin. O‘zgidromet O‘zbekistondda ob-havoning sovushini ma’lum qilgandi.
Qaynoq24.uz Toshkentda qorni tozalashga 1000 dan ortiq odam jalb qilingani haqida yozgan edi.

