O‘zbekistonda 24-yanvar kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.
Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° sovuq, kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman va yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12-15° sovuqqacha, kunduzi esa 3° sovuqdan 2° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kutiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tuman va yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan esib, tezligi 7-12 m/s bo‘ladi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 2° sovuqdan 3° iliqqacha o‘zgaradi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham tuman va yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 3° sovuqdan 2° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 23-yanvar kuni qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi esa 0-5° sovuq bo‘ladi.
23-24-yanvar kunlari O‘zbekiston hududida nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 23-26-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Qaynoq24.uz 23-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

