26-yanvar kuni O‘zbekiston hududlarining katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bun haqda O’zgidromet xabar berdi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi.
Havo harorati kunduz kuni 5–10 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7–9 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi va tuman tushishi mumkin. Ayrim yo‘llarda yaxmalak ehtimoli saqlanadi. Qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘ladi. Havo harorati 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha o‘zgaradi.

