O‘zbekistonda “O‘zbekiston, Yaponiya markazi” loyihasining VI bosqichi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, loyiha Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida amalga oshiriladi. Buning uchun Yaponiya hukumati tomonidan dastlabki baholash asosida $2,9 mln miqdorida texnik yordam mablag‘lari jalb qilinadi.
Loyiha “O‘zbekiston, Yaponiya markazi” faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Markaz orqali ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Hujjat bilan O‘zbekiston, Yaponiya markazi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Qaynoq24.uz Yaponiya ilk bor xavfli qurollar eksportiga ruxsat bergani haqida yozgan edi.
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi bu o‘zgarishlar har qanday mudofaa texnikasini eksport qilish imkonini berishini ta’kidladi. Avval esa mamlakat faqat o‘limga olib kelmaydigan harbiy uskunalarni eksport qilishga ruxsat berardi.


