23-may kuni O‘zbekistonda ob-havoqanday bo‘ladi

Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

23-may kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvcha bo‘lib, bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda u 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq va do‘l yog‘ishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 22-may kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.