Tolibon qizlar uchun 9 yoshdan nikohga ruxsat berdi

Foto: Pexels/ Morteza Rezaiy
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Afg‘onistonda Tolibon qizlar uchun nikohning aniq minimal yoshini bekor qildi. Yangi tartibga ko‘ra, balog‘atga yetgan qizning sukuti nikohga rozilik sifatida talqin qilinishi mumkin. Huquq faollariga ko‘ra, bu amalda qizlarning 9 yoshdan turmushga berilishiga yo‘l ochadi.

Avval Afg‘onistonning 1977-yildagi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qizlar uchun nikoh yoshi 16 yosh, o‘g‘il bolalar uchun esa 18 yosh etib belgilangan edi. 16 yoshga to‘lmagan qizlar faqat otasi yoki sudya ruxsati bilan turmushga berilishi mumkin bo‘lgan.

Xalqaro huquq nima deydi?

2009-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish to‘g‘risida”gi qonunda esa 15 yoshdan kichik qizlarni turmushga berish jinoyat sifatida belgilangan edi. Huquq himoyachilariga ko‘ra, yangi tartib bu cheklovlarni amalda olib tashlaydi. Conflict Analysis Network direktori Horia Mosadiqning aytishicha, agar qiz to‘qqiz yoki o‘n yoshida balog‘atga yetgan deb topilsa, u nikoh uchun qonuniy yoshda deb hisoblanishi mumkin.

Qaynoq24.uz Pokiston Afg‘onistondagi universitetga hujumda ayblangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.