27-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

27-yanvar kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ko‘plab viloyatlarda tuman tushishi ehtimoli bor, yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3° iliq, kunduzi 4–6° iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, ba’zi hududlarda 6–11° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor, yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 3–8° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Tuman va yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 1–6° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud, yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 26-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.