Andijon viloyatida ishga joylashtirish bilan bog‘liq korrupsion holat aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Baliqchi tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan. U mansabdor tanishlari orqali bir fuqaroning qarindoshini tizimga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Buning evaziga inspektor $1,8 ming talab qilgan. Kelishuv davomida u fuqaroni ishontirib, pulni qisqa muddatda berishni so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Inspektor so‘ralgan pulni tuman hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda noqonuniy mayning ferma fosh etilgani haqida yozgan edi.

